Ravshan G‘ulomov prezidentga maslahatchi bo‘ldi

Foto: UzReport
Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, prezident qarori bilan Ravshan Ayubovich G‘ulomov O‘zbekiston respublikasi prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan. U shu munosabat bilan iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi 2017 yilda Vyacheslav Golishev ishdan ketganidan beri vakant edi. 2017 yildan beri Galina Saidova maslahatchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.
Ravshan Ayubovich G‘ulomov turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari (2001-2004), O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari (2004-2006), «Asaka» bank raisi (2006-2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2011), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri (2011-2012), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori (2012-2017) sifatida ishlagan.
Qayd etish kerakki, Ravshan G‘ulomov so‘nggi 2 yilda to‘rtinchi marta lavozimini o‘zgartirmoqda.
U 2017 yilning aprelidan 2018 yilning avgust oyigacha Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan, 2018 yildan 2019 yil boshigacha Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yilning yanvarida Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi
Jamiyat | 16:33
-
YeOTB O‘zbekiston YaIM 6,5 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda
Iqtisodiyot | 16:25
-
🔴 LIVE: Sahnaga qaytgan Xominaiy va Erdo‘g‘anning bayonoti | "Geosiyosat"
Jahon | 16:21
-
Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan o‘zbekistonlik erkak besh yilga qamaldi
Jamiyat | 16:21
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025