Davlat raqobat qömitasi sobiq raisi Ravşan Ğulomov yangi lavozimga tayinlandi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berişiça, R.Ğulomov Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlaştiriş, moliya va bank tizimlarini isloh qiliş, xususiy tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantiriş masalalari yiğma axborot-tahlil departamentining mudiri etib tayinlangan.
Hukumat 7 avgust kuni bu haqdagi tegişli qarorni çiqardi.
Turli yillarda Markaziy bank raisi birinçi örinbosari (2001-2004), Özbekiston Milliy banki raisi birinçi örinbosari va «Asaka» bank raisi (2004-2007), Moliya vaziri birinçi örinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2012), Taşqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinçi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori bölib işlagan Ravşan Ğulomov 2017 yil aprelidan buyon Davlat raqobat qömitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ravşan Ğulomov Davlat raqobat qömitasi raisligidan ketdi











