Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Jazoni ijro etiş muassasalaridan böşatilgan şaxslar ustidan içki işlar organlarining ma'muriy nazorati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida Içki işlar vazirligi loyihasi e'lon qilindi.
Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan şaxslar ustidan içki işlar organlarining ma'muriy nazorati töğrisidagi qonunning yangi tahririga köra, şaxs, jamiyat va davlatning muhofazasini ta'minlaş hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiriş maqsadida nazorat ostidagi şaxslarga nisbatan uşbu Qonunda nazarda tutilgan çeklaşlarni qöllaşdan iborat bölgan tarbiyaviy-profilaktik ta'sir körsatiş ma'muriy nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ma'muriy nazorat töğrisidagi qonun hujjatlari qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, çeklaşlarni qöllaşda differensiatsiya va individuallaştirişga rioya etiş hamda jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan şaxslarning qonunga itoatkor xulq-atvorini rağbatlantiriş prinsiplariga asoslanadi.
Ma'muriy nazorat örnatilişi va amalga oşirilişi nazorat ostidagi şaxsning boşqa huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, uning insoniy qadr-qimmatini kamsitmasligi lozim.
Ma'muriy nazorat voyaga yetgan qöyidagi şaxslarga nisbatan örnatiladi:
sud tomonidan öta xavfli retsidivist deb topilgan şaxslarga nisbatan;
öta oğir jinoyatlar uçun ozodlikdan mahrum qilişga hukm etilgan şaxslarga nisbatan;
tinçlik va xavfsizlikka qarşi jinoyatlar yoki Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 241-1, 244-2-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uçun ozodlikdan mahrum qilişga hukm qilingan şaxslarga nisbatan;
oğir jinoyatlari uçun ozodlikdan mahrum qilişga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uçun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan şaxslarga nisbatan – agar ular ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötaş davrida saqlaş rejimini aşaddiy buzuvçi deb topilgan bölsalar;
oğir jinoyatlari uçun ozodlikdan mahrum qilişga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uçun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan yoxud Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, oğir yoki öta oğir jinoyat hisoblanadigan qilmişlarni sodir etganlari uçun boşqa davlatlar hududida ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötagan şaxslarga nisbatan – agar ular jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilganlaridan söng fuqarolarning huquq va erkinliklariga, jamoat tartibiga yoki boşqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvçi ma'muriy huquqbuzarliklarni yil davomida ikki yoki undan ortiq marta sodir etgan bölsalar yoki ularga nisbatan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi çorasi sifatida rasmiy ogohlantiriş yil davomida takroriy qöllanilgan bölsa.













