Kanada taşqi işlar vaziri Xristya Friland Rossiyani Janubiy Osetiya va Abxaziya hududiga Yevropa ittifoqidan kuzatuvçilarni kiritişga çaqirdi. Tegişli xabar Kanada taşqi siyosat idorasining veb-saytida e'lon qilingan.
Frilandning sözlariga köra, Moskva tomonidan 2008 yil 12 avgustdagi öt oçişni töxtatiş böyiça, şuningdek, Janubiy Osetiya va Abxaziya hududiga yevropalik kuzatuvçilarni kiritişga doir majburiyatlari mojaroga «tinç va işonçli yeçim topişga» yordam beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Medvedev nima uçun Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olganini aytgandi.








