Test sinovlari ötkazilişi rejalaştirilgan Respublikadagi barça viloyatlar oliy ta'lim muassasalarida test sinovlari 2-smenada davom etmoqda.

Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligi ta'minlangan holda 2-smena uçun test sinovlari ötkaziladigan 57 ta binoga yetkazildi.
Abituriyentlar uçun içimlik suvi hamda barça binolarda tibbiyot xodimlarining navbatçiligi taşkil etilgan bölib, ular test sinovlarining 2-smenasini ötkazişga tayyor holga keltirildi.

Test sinovlarini adolatli va şaffof ötkaziş maqsadida Içki işlar vazirligi xodimlari hamda nazoratçilar tomonidan nazorat yanada kuçaytirildi.

Bu öz natijasini berib, abituriyentlar tomonidan test sinovlariga uyali telefon, va şpargalkalar olib kirişning oldi olinmoqda.

Test sinovlari barça oliy ta'lim muassasalarida bir vaqtda 15:00 dan boşlandi. Test sinovlarida 17 ta oliy ta'lim muassasalarining 66 ta ta'lim yönalişida 28 ming 518 nafar abituriyent iştirok etmoqda.
Tezkor ma'lumotlarga köra 572 nafar abituriyent turli sabablarga köra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 44 nafar abituriyent hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga va özgani örniga kirişga uringanligi uçun test sinovlaridan çetlaştirildi.

Barça test sinovlari ötadigan binolarda 2-smenada test sinovlari soat 18:30da yakunlanadi.