Kelib çiqişi falastinlik bölgan Raşida Tlaib AQŞ kongressiga dastlabki saylovlarda ğolib çiqdi va kongressmenlikni qölga kiritgan ilk musulmon ayol bölişi mumkin, deb xabar berdi Huffington Post naşri.

U 2008 yilda Miçigan ştati qonunçilik organidagi dastlabki musulmon ayol bölgandi.

Miçiganda bölib ötgan dastlabki saylovlarda u beş nafar partiyadoşidan köra köproq ovoz oldi. 

Naşrning yozişiça, Tlaib kongressda qator takliflarni, xususan, barçaga tibbiy suğurta berilişi, minimal iş haqini soatiga 15 dollar miqdorida belgilaş, AQŞ immigratsion-bojxona politsiyasini yopiş takliflarini olğa surmoqçi.