Özbekiston avtomobil sanoati korxonalari 2026 yilning dastlabki 4 oyida 121 601 ta avtomobil sotdi, deya xabar berdi “Özavtosanoat” AJ. Bu körsatkiç – ötgan yilning mos davriga nisbatan 14 760 taga yoki 13,8 foizga köp.
Bir yillik dinamikaga qaralsa, BYD Uzbekistan sotuvlarini keskin oşirgani e’tiborli. Kompaniya ötgan yili yanvar-aprel oylarida 5953 ta avtomobil sotgan bölsa, joriy yilning şu davrida sotuvlari 83,5 foizga oşgan va 10 927 taga yetgan.
Şuningdek, hisobot davrida Khorezm Auto sotuvlari 30 foizga (28 789 tadan 37 559 taga) ADM Jizzakh sotuvlari 19 foizga (12 120 tadan 14 460 taga) oşgan.
Bozor yetakçisi UzAuto Motors’da esa 2 foizlik pasayiş kuzatilgan: yanvar-aprel oylarida sotilgan avtomobillar soni 59 427 tadan 58 168 taga qisqargan.
Avtomobil brendlari kesimidagi raqamlarga kelsak, Chevrolet brendining bozordagi uluşi 80 foizdan pasayganini köriş mumkin: ötgan yil 4 oylikda bu brendga mansub avtomobillar bozorning 82,5 foizini taşkil etgan bölsa, hozir bu körsatkiç 78,7 foizgaça tuşgan.
Eng ommabop Chevrolet modellari sotuvining özgarişi

Eng ommabop Chevrolet modellarini işlab çiqariş körsatkiçlari

Umuman olganda, Chevrolet sotuvlari 8,5 foizga oşganini ham qayd etiş lozim. Lekin boşqa brendlar, aniqroği BYD (+83%) va Kia (+15%) sotuvlari bozor yetakçisiga qaraganda tezroq ösgani natijasida ötgan bir yil davomida Çevrolet'ning bozordagi dominant uluşi 3,8 foiz punktga qisqargan.
Avtomobil modellari qatori yetakçisi –













