Kanada şarqida, Nyu-Bransuik ştatidagi Frederikton şahrida röy bergan otişma oqibatida kamida 4 kişi halok bölgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslangan holda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
«Hodisa 4 kişining ölimiga olib keldi», deyiladi mahalliy politsiya tvitterida.
Otişma Frederikton şahridagi tumanlardan birida röy bergan. Huquq-tartibot organlari xodimlari hudud aholisiga uylaridan çiqmaslikni tavsiya qilişgan.
Hodisa joyiga qöşimça politsiya kuçlari va qutqaruvçilar, şuningdek, tez tibbiy yordam maşinalari yetib kelgan. Politsiya amaliyoti davomida otişma ijroçisi tez orada qölga olingan.
Hozirça hodisaning boşqa tafsilotlari ma'lum emas.
2014 yili Nyu-Bransuik ştatining boşqa şahrida, Monktonda otişma yuz berişi oqibatida 3 nafar politsiyaçi halok bölgan va ikki politsiyaçi jarohatlangandi.
Öşa voqeadan keyin Kanadada qurol olib yuriş tartibi yanada qat'iylaştirilgandi.
Şu yilning iyun oyida esa Toronto şahrida töpponça bilan qurollangan şaxs ikki kişini otib öldirib, yana 13 kişini jarohatlagandi.
Kanadada qurolli otişmalar AQŞdagiga nisbatan ança kam kuzatiladi. Ammo Torontoda öqotar qurol qöllaş bilan boğliq holatlar 2014 yildan 2017 yilga qadar ikki barobar oşgan - 177tadan 395tagaça.












