Turk lirasi AQŞ dollariga nisbatan 10%dan köproq qiymatini yöqotdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Ta'kidlanişiça, kun avvalida dollar 6,21 liralik darajada bölgan, bu Turkiya valyutasi uçun yangi minimum rekorddir.

«Bir neça kundan beri dunyo bozorlarida turk lirasining keskin qulaşi katta qiziqiş bilan e'tiborni tortmoqda. Aftidan, bu faqat Turkiyaning muammosi sifatida qabul qilinmoqda», deydi Avstraliyaning eng yirik banklaridan biri Westpac’ning valyuta tahlilçisi Şon Kallou.

Eslatib ötamiz, avvalroq Amerika Qöşma Ştatlari turklar uçun importga imtiyozlarni qayta körib çiqmoqçi ekani xabar berilgandi.