2018 yil 1 avgust holatiga faoliyat körsatayotgan xorijiy kapital iştirokidagi korxonalar soni 6468tani taşkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Ötgan yilning şu davriga nisbatan 1195taga yoki 22,6%ga ösgan. Şuningdek, xorijiy kapital iştirokidagi faoliyat körsatayotgan korxonalardan 3528tasi qöşma korxonalar, 2940tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Xorijiy kapital iştirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toşkent şahar 4140 ta (64,0%), Toşkent viloyati 719 ta (11,1%) va Samarqand viloyatlari 350 ta (5,4%) hissalariga töğri keladi. 

Eng kam xorijiy kapital iştirokida taşkil etilgan korxonalar Xorazm viloyati 54 ta (0,8%), Qaşqadaryo viloyati 67 ta (1,0%), Navoiy viloyati 79 ta (1,2%) va Qoraqalpoğiston Respublikasi 97 ta (1,5%) hissalariga töğri keladi. Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan işlaşni, investitsiyalar jalb etiş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan işlarni yanada rivojlantirişni talab etadi.

Agar faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital iştirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida uşbu ma'lumotlarni 2018 yil 1 avgust holatiga körsak eng köp sanoatda 2678 ta (41,4%), savdoda 1353 ta (20,9%) hamda boşqa faoliyat turlarida esa 1104 ta (17,1%) taşkil qilgan, eng kamlari esa soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatişda 89 ta (1,4%), axborot va aloqada 164 ta (2,5%), taşiş va saqlaşda 190 ta (3,0%) qişloq, örmon va baliq xöjaligi 247 ta (3,8%), yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlarda 272 ta (4,2%) va qurilişda 371 ta (5,7%) taşkil qilgan. Şundan körinib turibdiki, faoliyat yuritadigan xorijiy kapital iştirokidagi korxonalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turiga tögri kelarkan. Şuningdek, eng kam uluşi esa soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga töğri keladi.

2018 yilning yanvar-iyul oyida xorijiy kapital iştirokidagi röyxatdan ötgan yangi korxonalarning soni 1151 tani taşkil qilgan. Bu körsatkiç esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 736 taga köpaygan yoki 2,8 baravarga oşgan.

Bunda, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali iştirokida – 144 ta, Turkiya Respublikasi – 147 ta, Xitoy Xalq Respublikasi-137 ta, Qozoğiston Respublikasi – 91 ta, va Koreya Respublikasi – 78 ta yangi korxonalar röyxatdan ötgan. Şuningdek, 2018 yil davomida Afğoniston Islom Respublikasi,Hindiston Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ukraina, Ozarboyjon Respublikasi va boşqa davlatlar rezidentlari qöşma faoliyatga qiziqiş bildirdilar.