Test sinovlari şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 54ta binoda 18ta oliy ta'lim muassasalarining 84ta ta'lim yönalişi böyiça ötkazildi.
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning xabar berişiça, test sinovlarida 48 614 nafar abituriyent iştirok etdi.
Test sinovlariga 1 571 nafar abituriyent kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 91 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi.
Test sinovlariga guruh nazoratçilari sifatida 2 228 nafar öqituvçilar jalb etildi.
Davlat granti böyiça eng yuqori ötiş bali: 171,4 ball, Urganç davlat universitetining «Filologiya va tillarni öqitiş: ingliz tili» ta'lim yönalişi;
Tölov-kontrakt böyiça eng yuqori ötiş bali: 145,6 ball, Urganç davlat universitetining «Filologiya va tillarni öqitiş: ingliz tili» ta'lim yönalişi.
Örtaça ötiş bali:
davlat granti – 104,5 ball;
tölov-kontrakt – 84,0 ball.
Test sinovlari natijalari Davlat test markazining http://www.dtm.uz/page/test_result saytida 2018 yil 11 avgust kuni soat 17.30da e'lon qilinadi.














