2018 yilning 11 avgustida Toşkent şahrining Şayxontohur tumani, Nurafşon köçasida köp brendli AVTORITET avtojamlanmalar tarmoğining birinçi jamlanmasi oçildi. Avtojamlanmalar tarmoği Özbekistonda servis xizmatlari segmentini va avtoehtiyot qismlar savdosini yanada yuqori çöqqilarga olib çiqişi kutilmoqda.

Foto: AVTORITET

AVTORITET avtojamlanmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Har qanday yengil transport turiga xizmat körsata oladigan servis markazi;
  • Respublikada yagona keng assortimentda avtomobil ehtiyot qismlari, moylar, avtomobilni tozalaş mahsulotlari va boşqalar sotiladigan supermarket;
  • Yevropaning AZ Spa, Carmec, Rossiyaning «Motor texnika», VTM Group, Amerikaning NEWAY, KWI-WAY  brendlari kabi yetakçi stanok işlab çiqaruvçilarining faqat zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan mexanika ustaxonasi;
  • Eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan avtomobil yuviş şoxobçasi;
  • Kafe, bolalar öyin maydonçasi, televideniye xonasi va boşqalarni öz içiga olgan haydovçilar uçun qulay kutiş zonasi. Uning muhim jihati şundaki, kutiş zonalari erkaklar va ayollar zonalariga ajratilgan. Uşbu jihat hamma uçun yanada yuqori darajadagi qulaylikni yaratadi;
  • Avtomobillarni puxta tozalaş böyiça xizmatlar majmuasi: avtomobilning içki va taşqi körinişiga professional xizmat körsatiş.

Ehtiyot qismlar supermarketida köp brendli avtomobil ehtiyot qismlari, moylar, aksessuarlarning köplab turlari va avtomobillar uçun boşqa qismlar taqdim etiladi. Sotuvçi-maslahatçilar mahsulot tanlaşga va supermarketda sayr qilib, yaqindan tanişişga yordam berişadi. Zarur ehtiyot qismlarni sotib olib, ularni darhol servis markazida almaştiriş mumkin.

Tölaqonli avtoservis esa avtojamlanmaning “yuragi”ga aylanadi, unda kompyuter diagnostikasidan boşlab kuzovni ta'mirlaşgaça bölgan barça iş turlari bajariladi. Şuningdek, AVTORITET brendi ostida GPS-navigatsiya bilan jihozlangan yangi va zamonaviy evakuatorlarga ega evakuatsiya xizmati faoliyat yuritadi.

Mijozlar foydasini közlaydigan narx siyosati, tölovning turli şakllari joriy qilingan, şuningdek, bonusli jamğarma dasturlari ham közda tutilgan.