Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif prezident Donald Tramp Turkiyadan keltiriladigan alyuminiy va pölatga bojlar oşirilişini ma'lum qilganidan söng AQŞni sanksiya kiritiş amaliyotidan voz keçişga çaqirdi.
"Trampning NATO böyiça ittifoqçisi Turkiyaga nisbatan iqtisodiy qiyinçilik yaratayotganligini bayram qilişi şarmandalik. AQŞ özining sanksiyabozlik kasalligini davolaşi zarur yoki butun dunyo ularni bunga majbur qiliş uçun söz bilan qoralaşdan taşqari birlaşişi kerak. Biz qöşnilarimizni avval ham qöllab-quvvatlab kelganmiz va hozir ham qöllab-quvvatlaymiz", — deb yozdi vazir özining Twitter-akkauntida.
Tramp Turkiyadan keltiriladigan pölat va alyuminiyga nisbatan boj tölovi ikki marta- 20% va 50%ga oşirilişini ma'lum qilganidan söng turk lirasining qiymati rekord darajada pasayib ketdi.
AQŞ va Turkiya munosabatlari amerikalik pastor Endryu Branson işi sabab keskin tus oldi. Turkiya pastorni 2016 yilning oktabridan buyon hibsda saqlamoqda. U Turkiyada terrorçi taşkilot sifatida tan olingan FETOga yordam beriş, şuningdek Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi (KIP) ni qöllab-quvvatlaşda ayblanmoqda.
Ötgan haftada AQŞ moliya vazirligi Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va içki işlar vaziri Sulaymon Söyluga nisbatan sanksiya joriy etgan edi.
Eron Turkiyani qöllab-quvvatlaşini bildirdi
02:58 / 12.08.201814 4012 min












