2018 yil yanvar-iyul oylari yakunlariga köra, respublikada taşqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd dollarni taşkil etdi va ötgan yilning şu davriga nisbatan 24,2 %ga ösdi.

Eksport hajmi 7,6 mlrd dollarga (ösiş sur'ati 15,7 %) va import hajmi deyarli 10,2 mlrd dollarga (ösiş sur'ati 31,4 %) yetdi.

Sanoat tuzilmasining diversifikatsiya qilinişi, eksportni qöllab-quvvatlaş, import örnini bosuvçi tovar va mahsulotlarni işlab çiqarişning yanada oşirilişi natijasida eksport tarkibida sezilarli özgarişga erişildi.

2018 yil yanvar-iyul oylarida respublika taşqi savdo aylanmasida eng katta uluşga ega davlatlar ketma-ketligi joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan deyarli özgarişsiz qoldi. 2017 yil yanvar-iyul oylarida taşqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining uluşi 34,5 %ni taşkil qilgan edi. 

Respublikada taşqi savdoni qöllab-quvvatlaş hamda MDH davlatlari bilan uşbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça olib borilayotgan çora-tadbirlar natijasida 2018 yil yanvar-iyul oylarida taşqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining uluşi 38,5 %ga yetdi.

Boşqa xorijiy davlatlarning respublika taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 2017 yilning yanvar-iyul oylarida 65,5 %ni taşkil qilgan bölsa, joriy yilning uşbu davrida taşqi savdo aylanmasi 61,5 %ga tuşdi.

2018 yil yanvar-iyul oylarida eksport hajmi 7,6 mlrd. dollarga (ösiş sur'ati 15,7 %) teng böldi. Eksport tarkibida tovarlar uluşi 77,8 %ni taşkil etib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (19,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,7 %), şuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (6,9 %) guruhlari hissasiga töğri kelmoqda.

Xizmatlar eksporti hajmi 1693,4 mln dollarni yoki jami eksport hajmining 22,2 %ini taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 20,3 %ga ösganligi kuzatildi. 

Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy uluşi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari, moliyaviy xizmatlardan iborat.

Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy va Rossiya hissasiga töğri kelmoqda. Bu umumiy eksport hajmining 34,9 %ini taşkil qiladi.

Xitoy va Rossiyaga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibi asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat.