Özbekistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar alkogolli mahsulotlar savdosini soat 21:00dan söng, umumiy ovqatlaniş şoxobçalarda aholiga xizmat körsatişni soat 22:00dan çeklaş böyiça ogohlantirilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida 11 avgust kuni ötkazilgan yiğilişda körsatib ötilgan topşiriq va aholi tinçligini ta'minlaş maqsadida uşbu çeklov amalga oşirilmoqda.
«Tadbirkor topşiriqni bajarmagan taqdirda, bir qator qarorlarda körsatilgan bandlarga asosan, alkogol mahsulotlari bilan savdo qiliş huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi bekor qilinadi va qonunda belgilangan javobgarlik masalasi qöyilişi haqida rasman ogohlantirilmoqda», deyiladi ogohlantiriş xatida.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan tadbirkorning ta'kidlaşiça, bu Toşkent şahrida kuraşçi Kenjayev bilan yuz bergan voqeadan söng hukumat qöllayotgan keskin çoralardan biridir.
Boşqa tadbirkor esa uşbu çeklovga yaqinlaşib kelayotgan Iyd Al-Adha (Hayit) va Mustaqillik bayrami munosabati bilan aholi osoyiştaligini ta'minlaşga qaratilgan oddiy tadbir sifatida qaraşini bildirdi.
Ayni paytda uşbu çeklov masalasida rasmiy xabar tarqatilmagan yoxud bu ma'lumot inkor etilmadi.
Eslatib ötamiz, 9 avgustga ötar keçasi Toşkent şahrining Yunusobod tumani hududida joylaşgan «Aurum 898» tungi klubida röy bergan, erkin kuraş böyiça professional sportçi Jamşid Kenjayev va klub qöriqçilari örtasida kelib çiqqan piçoqbozlik sportçining ölimiga sababçi böldi. Janjalning bir neça iştirokçisi şifoxonaga yotqizildi.











