“Vostoçniy kvartal”, “Prints”, “Zara”, “Budur”, “Berezka”, “Pantera”, “Legion”, “Gorod”, “Zero”, “Aurum 898”, “Layk bar”, “Uan mor”, “FM bar”, “Jyey Kyu”, “Luksor”... bularning nomini yana davom ettiriş mumkin. Ularning peştaxtasini öqigan kişi qaysi bir çet mamlakatga kelib qoldim deb öylaşi mumkin. Yöq, çet mamlakatda emassiz, Toşkent şahrida bugungi kunda qirqqa yaqin şunday tungi vaqtda işlaşni xuş köradigan obektlar mavjud.
Demokratik jamiyatimizda tadbirkorlarga keng şaroitlar yaratilmoqda, ularning köpçiligi halol xizmat körsatib, qonunlarni hurmat qilgan holda faoliyat körsatmoqda, soliqlarni tölamoqda.
Lekin, xalqimiz “Guruç kurmaksiz bölmaydi” deganidek, raqamlarga qaraydigan bölsak, ayrim savollar tuğiladi.
Tungi klublarning hammasi yagona soliq tölovçisi bölib, 2018 yilning I yarim yilligida byudjyetga 1,3 mlrd söm yoki oyiga örtaça 226 mln sömdan soliq tölagan. Bu köpmi yoki kammi degan savol tuğiladi?
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ötkazilgan xronometraj va tahlil natijalari bilan tanişgaç, bu savolga özingiz javob olasiz.
Xronometraj natijalari keçdan tonggaça işlayotgan bunday sub'yektlarda eng kam hisobda tuşumlarini örtaça 4 barobargaça yaşirilayotganligini körsatmoqda. Agar bu raqamlarni 6 oyga köpaytiradigan bölsak, haqiqiy tuşum 54,2 mlrd sömni taşkil etadi.
Lekin, korxonalar tomonidan hisobotlarida jami tovar aylanma summasi 13,6 mlrd sömni taşkil etganligi körsatilib, oradagi farq summasi 40,6 mlrd sömdan iborat. Bu 4,1 mlrd söm soliq byudjyetga tölanmadi degani.
Şuningdek, örganişlar jarayonida har bir tungi maskanlarda mijoz tomonidan bir dona stolni band qiliş uçun norasmiy majburiy buyurtma (obyazalovka) mavjudligi aniqlangan. Uşbu yönaliş böyiça olib borilgan hisob-kitoblarga köra, örtaça bir kişi bitta stolni band qilişi uçun 137,4 ming sömdan tölovlarni amalga oşirişi lozim.
Endi özingiz hisoblang, örindiqlar soni örtaça 50tadan hisoblanganda bir kunda 254,2 mln söm va bir oy davomida şunday faoliyat amalga oşirilsa 7,6 mlrd söm, 6 oy davomida esa 45,7 mlrd sömni taşkil etadi. Bu yana 4,5 mlrd söm soliq degani.
Bular hali hammasi emas, hisobotlarida işlayotgan xodimlarini 10-11 nafardan körsatgan bölsalar, xaqiqatda 20-25tagaça yoki 2 barobarga yaşirilmoqda va ularga ham konvertda berilayotgan iş haqiga daromad soliği hisoblanadigan bölsa, bu ham örtaça 250 mln sömga yaqin soliq summalari degani.













