Turkiya Suriyada yangi harbiy operatsiyalar ötkaziş böyiça tayyorgarlikning oxirgi bosqiçida turibdi, dedi mamlakat prezidenti Rajab Tayyip Erdöğan.

"Biz "Frot qalqoni" va "Zaytun şoxi" operatsiyalari orqali barqarorlik ta'minlangan Suriyadagi hududlarga yangi hududlarni qöşişga tayyorgarlikning sönggi bosqiçida turibmiz. Yaratganning yordami bilan yaqin kelajakda yangi hududlarni ozod qilib, ularning xavfsizligini ta'minlaymiz. Biz xavfsizlikni ta'minlagan joylarga mamlakatimizdan qaytib borganlar soni çorak million kişiga yetdi", — deya iqtibos keltirdi Erdöğanning sözlaridan Anadolu agentligi.

Turkiya armiyasi 2016 yil avgustda "Islom davlati" terrorçilik guruhi jangarilariga qarşi "Frot qalqoni" operatsiyasini boşlagandi. Suriya muxolifati iştirokida Suriya şimolidagi Jarablus şahri va Al-Bob şaharlari qölga kiritildi. Turkiya boş vaziri Binali Yildirim 2017 yil mart oyi oxirlarida operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini e'lon qildi.

20 yanvar kuni Turkiya qurolli kuçlari boş ştabi Suriyaning Afrin şahridagi kurd tuzilmalariga qarşi "Zaytun şoxi" operatsiyasini boşlaganini bildirdi. Turkiya bilan birgalikda u yerda "Suriya ozodlik armiyasi" (SOA) jangçilari ham harakat qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdöğan 18 mart kuni Afrin şahri turk armiyasi va SOA nazoratiga ötganligini ma'lum qildi.

Suriya hukumati Turkiyaning Afrindagi harakatlarini qoraladi va bu hudud Suriyaning ajralmas qismi ekanligini bildirdi.