Özbekistonlik professional boksçilardan yana biri - Jamşidbek Najmiddinov AQŞga yöl olmoqda. Kun.uz`ga ma'lum bölişiça, Najmiddinov okeanorti mamlakatining nufuzli promouşeni Ronson Frank boşçilik qilayotgan “Uprising promotion” bilan şartnoma tuzişga erişgan.

Jamşidbekning menejyeri Muhammadmirzo Najmiddinov bergan ma'lumotga köra, şartnoma uç yilga möljallangan. Bitimga muvofiq, har yili törttadan jang ötkaziş belgilangan. Janglardan har uçinçisi professional boks olamidagi eng nufuzli ikki telekanalning biri – HBO BOXING ötkazadigan şoudan örin oladi.

Ta'kidlaş joiz, uşbu telekanal şoularida ringga kötariliş professional boks olamida yuqori baholanadigan voqeliklardan biridir.

Jamşidbek Najmiddinov hozirga qadar 18 ta jang ötkazib, 17 marta ğalaba qozongan. Şulardan 12 tasida raqiblarini nokautga uçratgan. Faoliyatidagi yagona mağlubiyat 2017 yil 16 sentabr kuni Ukraina poytaxti Kiyev şahrida WBC yönalişining sobiq çempioni Viktor Postolga qarşi keçgan jangda qayd etilgandi.