2018 yil 13 avgust kuni holatiga köra, kunduzgi, maxsus sirtqi va keçki ta'lim şakllari böyiça bakalavriatga kiriş test sinovlari respublikaning 60 ta oliy ta'lim muassasalari va ularning 19 ta filiallarida muvaffaqiyatli yakunlandi.

Şuni alohida ta'kidlaş joizki, test sinovlarini adolatli va şaffof ötişini ta'minlaş maqsadida ilk marotaba:
- birinçidan, şaxsni identifikatsiyalaş qurilmalari hamda kuzatuv kameralari yordamida katta siğimli 57 ta binolarda 2 smenada ötkazildi;
- ikkinçidan, test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn körinişida töğridan-töğri yoritildi;
- uçinçidan, abituriyentlarning ota-onalari uçun salqin joylarda joylar taşkil qilingan holda test sinovlari ötadigan hududda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn körinişda yoritib borildi.
Bundan taşqari, Içki işlar tizimidan 4 963 ta şaxsiy tarkib xodimi, 1206 ta aloqa vositasi, 694 ta metallodetektor, 289 ta transport vositasi test sinovlari jarayoni xavfsiz ötişi uçun jalb qilindi.
Kunduzgi, maxsus sirtqi hamda keçki ta'lim şakli uçun oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlar tomonidan 679 979 ta (2017 yilda – 729 947) arizalar tuşdi, tanlov bir öringa örtaça 8,2 nafarni (11,0) taşkil etdi.
Test sinovlarida iştirok etuvçi abituriyentlar soni 622 030 nafarni taşkil etadi. Şu bilan birga, alohida iqtidor talab qilinadigan ta'lim yönalişlariga 55 812 nafar hujjat topşirgan va imtiyozga ega bölgan abituriyentlar soni - 2 137 nafar.
Test sinovlarida qatnaşganlar soni 604 677 nafarni taşkil etdi. Test sinovlarida 17 353 nafar abituriyent qatnaşmadi, jumladan 14 957 nafari kelmadi, 1 340 nafari hududga kirişda hamda 1 056 nafari test jarayoni paytida qoidabuzarlik sodir etganligi sababli testdan çetlaştirildi (ilova).
Ma'lumot uçun: Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalarida test sinovlariga puxta tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada taşkil qiliş maqsadida 2018 yil 14-22 may kunlari ötkazilgan profilaktik tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilganligi sababli uşbu hududlarda test jarayoni paytida çetlaştirişlar soni nisbatan kam böldi.













