Davlat raqobat qo‘mitasining bino va inshootlari Toshkent shahar hokimligiga berildi
Toshkent shahri hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari tutash hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi bo‘yicha beg‘araz asosda berildi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilingan.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida joylashgan bino va inshootlardan samarali foydalanish hamda davlat organlari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahar hokimligiga Davlat raqobat qo‘mitasining yuqoridagi manzilda joylashgan bino va inshootlari berildi.
O‘z navbatida, Davlat raqobat qo‘mitasiga Toshkent shahar hokimligining Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan ma'muriy bino va inshootlari tutash hududi bilan birgalikda berildi.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Davlat raqobat qo‘mitasining avvalgi binosiga O‘zbekiston prezidentining Toshkent shahar Xalq qabulxonasi joylashtiriladi. Bundan tashqari, Toshkent shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi, Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi ham shu yerga ko‘chiriladi.
Bildirilishicha, keyinchalik ushbu binoga “Toshissiqquvvati”, Toshkent shahar «Suvsoz» korxonasi, "Tashshahargazta'minot", “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” ham joylashadi.
Axborot xizmatining xabari berishicha, maqsad - odamlarning og‘irini yengil qilish, ularning barcha murojaatlari va muammolarini bir joyda hal qilish.
Ta'kidlab o‘tish joizki, Davlat raqobat qo‘mitasining ushbu sobiq binosi yonida Toshkent shahar hokimligining yangi innovatsion binosi joylashgan.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024