Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyruği bilan «Sportçi» lavozimiga qöyiladigan talablar, ularga oylik iş haqi va ustamalar belgilaş töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
«Sportçi» lavozimiga qöyiladigan talablar, ularga oylik iş haqi va ustamalar belgilaş töğrisidagi nizomga köra, «sportçi» lavozimi Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktablarining ştat jadvallarida nazarda tutiladi.
Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktablarida «sportçi» lavozimi böyiça ştat birliklari soni sport turlari böyiça Özbekiston milliy terma jamoalarining a'zolari sonidan kelib çiqqan holda aniqlanadi.
Musobaqalarga tayyorgarlik köriş, yuqori natijalarga erişiş, Özbekiston Respublikasini xalqaro miqyosda yuqori örinlarga kötariş, şuningdek sport turlari böyiça sport mutaxassislari örtasida kasbiy tajriba almaşiş «sportçi» lavozimining asosiy vazifalari hisoblanadi.
«Sportçi» lavozimiga qabul qiliş uçun qöyidagi talablar qöyiladi:
tanlagan Olimpiya sport turlari bilan muntazam şuğullanişi, doimo özining sport mahoratini oşirib borişi va sport tadbirlarida qatnaşişi;
Respublika oliy sport mahorati maktablari yoki ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktablarining birida şuğullanişi;
Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari böyiça Özbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportçi bölişi;
tanlagan Olimpiya sport turlari böyiça tegişli sport unvonlari yoki sport razryadlariga ega bölişi.
«Sportçi» lavozimidagi sportçining majburiyatlari:
sport rejimiga, intizomga amal qiliş;
ommaviy sport tadbirlarini taşkillaştirişda yordam beriş, şuningdek qatnaşiş;
sport-soğlomlaştiriş maşğulotlarini ötkazilişiga kömaklaşiş;
kasbiy kasallik va sport jarohatining oldini oliş maqsadida majburiy davriy tibbiy köriklardan ötiş;
musobaqa qoidalariga asosan taqiqlangan uslublardan, şuningdek sun'iy stimulyator — doping va boşqa taqiqlangan vositalardan foydalanmaslik.
Sportçilar Özbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidan çiqarilgan taqdirda ular bilan tuzilgan mehnat şartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi. Bunda u faqat «sportçi» lavozimidan ozod qilinadi, biroq sportçi şuğullanayotgan sport maktabida şuğullanişini davom ettirişi mumkin.











