«Formula-1» poygalarida ikki bor jahon çempioni, «McLaren» jamoasi a'zosi Fernando Alonso mavsum yakunida poygalarni tark etadi va 2019 yilda «Qirollik poygalari»da iştirok etmaydi. Bu haqda britaniyaliklar jamoasining matbuot xizmati xabar bergan.
«McLaren tasdiqlaydiki, Fernando 2019 yilda «Formula-1» poygalarida iştirok etmaydi», deyilgan xabarda.
«Fernando - nafaqat bizning jamoaning, balki «Formula-1»ning yetakçi poygaçisidir. U avtopoygalarda 17 yilni ötkazdi, u öz avlodining eng yetakçi poygaçilaridan biri. Ammo har işning öz vaqti soati keladi, Fernando ham ketişga qaror qildi. U ayni vaqtda yaxşi sport formasida bölsada, biz uning qarorini hurmat qilamiz. U joriy çempionatda qolgan 9 poygada iştirok etadi», degan «McLaren» ijroçi direktori Zak Braun.
«Bu ajoyib sportdagi 17 yildan keyin men uçun özgarişlar vaqti keldi (...) Qolgan poygalarda bor imkoniyatimni işga solgan holda iştirok etaman. Köramiz, kelajak menga yana nimalarni tayyorlab qöygan ekan. Men öz hayotimning eng qizğin davrlarini yaşadim, ammo sarguzaştlar davom etadi. Men bir neça oy oldin qaror qabul qilib bölganman. Bu yakuniy qaror», degan Alonsoning özi.
Ayni vaqtda 37 yoşda bölgan ispaniyalik sportçi «Formula-1»da 17 yil ötkazdi. U bu davr mobaynida 302 poygada qatnaşib, 32 poygada ğolib böldi, ikki marta jahon çempioniga aylandi (Renault jamoasi tarkibida 2005 va 2006 yillarda), uç marta ikkinçi böldi (Ferrari jamoasi bilan 2010, 2012 va 2013 yillarda) va bir marta uçinçi örinni egalladi (McLaren jamoasi safida 2007 yilda).
Ayni vaqtda Alonso 2018 yilgi jahon çempionatida şaxsiy hisob böyiça töqqizinçi örinda bormoqda.
Alonso ilgari avtosportda «Uçtalik toj»ni yutiş niyatida ekanligini köp bor aytgandi. Buning uçun poygaçi faoliyati davomida «Formula-1»da Monako Gran-prisini, «Indycar» turkumidagi «Indi 500» va «Le-Mandagi 24 soat» poygasini yutişi lozim. Tarixda buni faqatgina bir poygaçi – britaniyalik Grem Hill uddalagan. Alonso 2006 va 2007 yillarda Monako Gran-prisida ğalaba qozongan, bu yil esa «Le-Mandagi 24 soat» poygasida ğolib böldi.












