09:01 / 11.11.2016
6454

Fernando Alonso: «Men «Real» muxlisiman, lekin Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi»

Ispaniyalik poygachi, «Maklaren» piloti Fernando Alonso kimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini aytib o‘tdi.

«Men Madridning «Real» jamoasi fanatiman va argentinalik futbolchilardan Fernando Gago va Gonsalo Higuainning o‘yinlarini yoqtiraman. Lekin men Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanini inkor qila olmayman.

Men «Real» fanati bo‘lsamda, bir marta «Kamp Nou»ga tushganman. Messining o‘yinini ko‘rish uchun», – deya tan olgan Alonso Marca nashriga.

Top