Ikki karra jahon çempioni Fernando Alonso «Formula-1»dan ketişi sabablari haqida gapirib berdi.
«Maklaren» poygaçisining tan olişiça, «Formula-1» «zaif tomoşaga» aylangan.
«Hozirda biz körib turgan «Formula-1» menda poygaçi böliş istagini uyğotgan narsa emas. Men bizda zaif tomoşa paydo bölgani sababli ketmoqdaman. Biz köproq trassadan taşqarida röy berayotgan holatlar haqida gapirmoqdamiz. Muzokaralar va radioefirlar haqida. Hozirning özidayoq sizga keyingi poygada finişga yetib keladigan birinçi 15ta maşinani aytib berişim mumkin.
Men çempionat qanday qilib oldindan aytiş oson bölgan narsaga aylanganini qabul qila olmayapman. Öylaşimça, boşqa seriyalarda köproq zavq olaman», - deya Alonsoning sözlarini keltiradi Planet F1.
Ayni vaqtda 37 yoşda bölgan ispaniyalik sportçi «Formula-1»da 17 yil ötkazdi. U bu davr mobaynida 302 poygada qatnaşib, 32 poygada ğolib böldi, ikki marta jahon çempioniga aylandi (Renault jamoasi tarkibida 2005 va 2006 yillarda), uç marta ikkinçi böldi (Ferrari jamoasi bilan 2010, 2012 va 2013 yillarda) va bir marta uçinçi örinni egalladi (McLaren jamoasi safida 2007 yilda).












