Uşbu mahsulotni qadimdan ota-bobolarimiz yeb kelişgan. Ramazon oyida bu ajoyib meva bilan oğizni oçiş odat bölib qolgan. Uning qanday sehri bor?
Arab xurmosi mineral va vitaminlarga boy mevadir. Uning tarkibida mavjud bölgan, organizmga kerakli 23ta aminokislota boşqa mevalarda uçramaydi. Arab xurmosini doimiy ravişda, kuniga kamida 3-4 dona yeb turilsa, köp kasalliklardan xoli böliş ehtimoli oşar ekan.


Ayniqsa, quritilgan arab xurmosining Yevropa ittifoqi davlatlarida eng keng tarqalgan turi-“Deglet nur” navi bu xususiyatlarni özida köproq jamlagan. Ilk bor Mesopotamiyada böy çözgan bu palma daraxti mevalari şifobaxş va yirikligiga köra foydali hisoblangan. An'anaga köra mazkur nav “Qirollar navi” deb atalgan.Haqiqatdan ham “Deglet nur” navli bu xurmoni iste'mol qilsangiz özingizni qirollardek his qilişingiz şubhasiz.


Arab xurmosi nimaga foydali?
Yurak, böyrak va jigarga kuç beradi;
Organizmning kislota balansiga ijobiy ta'sir körsatadi;
Kamqonlikka foydali;
Immunitetni oşiradi;
Içak mikroflorasini yaxşilaydi;
Öpka faoliyatiga ijobiy ta'sir körsatadi;
Yötal payti balğamni çiqarişga yordam beradi;
Çarçoq, uzoq vaqt davom etgan kasallikdan söng organizmga kuç-quvvat beradi;
Saraton kasalliklari rivojlaniş xavfini pasaytiradi;
Inson miya faoliyatini yaxşilaydi.
“Deglet nur” - arab tilida “barmoq yoğdusi” ma'nosini anglatadi.










