Butun dunyo böylab rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalari kursi pasaymoqda. Bu aslida yangilik emas - dollar yil boşidan buyon ularga (Argentina, Turkiya, Janubiy Afrika, Hindiston, Rossiya, Braziliya, Vengriya, Xitoy milliy valyutalariga) nisbatan mustahkamlanib kelmoqda.

Foto: twitter.com/Michael McDonough

Biroq avgust oyida körsatkiçlarda pasayiş emas, qulaş kuzatildi.

Turkiya lirasi

Masalan, yil davomida sekin-asta pasayib kelayotgan turk lirasi bir kunda (10 avgust kuni) 18 foizni yöqotdi, duşanba kuni - yana 7 foizni. Yil boşidan buyon pasayiş esa - 45 foizni taşkil qildi. Bu Turkiya iqtisodiyotidagi kamçiliklar bilan bir qatorda mamlakatning AQŞ bilan munosabatlaridagi ziddiyatlar bilan boğliq.

Foto: Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA

Argentina pesosi

Joriy yilda milliy valyuta pozitsiyasida jiddiy bosimga yöliqqan rivojlanayotgan mamlakatlardan biri Argentina böldi. Bloomberg agentligi baholariga köra, Argentina pesosi 2018 yil boşidan buyon dollarga nisbatan qiymatining 38 foizini yöqotgan. 13 avgust kuni Argentina Markaziy banki navbatdan taşqari yiğilişida foiz stavkalarining 40 foizdan 45 foizga oşirilişi haqida e'lon qildi. Stavkalar oktabr oyigaça şu körsatkiçni saqlab qolişi ta'kidlanmoqda. Mamlakatdagi foiz stavkalari barça mamlakatlar orasida eng yuqori darajani qayd qilmoqda.

Foto: Bloomberg

Rossiya rubli

8 avgust kuni Rossiya rubli dollar va yevroga nisbatan taxminan 1,3 foizga pasaydi. Tahlilçilar RF milliy valyutasining qadrsizlanişini birja öyinçilarining sönggi kunlardagi Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning kuçaytirilişi ehtimoliga oid salbiy yangiliklar ta'siri bilan boğlaşmoqda. Yangi sanksiyalar tasdiqlangan holatda Rossiya milliy valyutasi 66 rublgaça pasayişi ehtimoli bor, federal zayom beş yillik obligatsiyalarining daromad körsatkiçlari esa 8-9 foizga yetişi mumkin.