Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje Inning ma'lum qilişiça, ikki Koreyaning temir va avtomobil yöllarini yil oxirigaça birlaştirişni rejalaştirilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Bundan taşqari, Mun Çje Inning ma'lum qilişiça, keskinlik yöqoladigan bölsa, ikki Koreya çegara oldi tumanlarida birlaşgan maxsus iqtisodiy zonani ham taşkil etişi mumkin.
«Agarda keskinlik yöqolsa va tinçlik örnatilsa, Kyongido hamda Kanvodno provinsiyalarining çegara oldi tumanlarida yagona maxsus iqtisodiy zona taşkil etiladi», - deya ma'lum qildi u.
Uning sözlariga köra, bu köplab iş örinlari yaratiş va mintaqaning rivojlanişi uçun imkoniyat beradi. Şuningdek, örta va kiçik korxonalarga ham yordam böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Kim Çen Inga telegramma yuborgani, yaqin vaqt içida uçraşuv ötkazilişi mumkin ekani xabar qilingandi.













