Farğona viloyati, Marğilon şahridagi 1-Mehribonlik uyida öta oğir jinoyatlar sodir etişda ayblangan sobiq direktor örinbosarlariga hukm çiqarildi.
Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudining yopiq sud majlisining hukmi bilan Q.Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 119-moddasining 4-qismi va boşqa moddalar bilan uzil-kesil 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Şuningdek, şu sudning boşqa tarkibi tomonidan yopiq sud majlisida Mehribonlik uyining direktor örinbosari S.Usmanovga oid jinoyat işi yakunlanib, unga Jinoyat kodeksi 119-moddasi 3-qismining «a» bandi va boşqa moddalar bilan uzil-kesil 16 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, jinoyat işida sudlanuvçilar voyaga yetmagan şaxsni tarbiya muassasasida jinoyatga jalb qiliş, ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş, voyaga yetmagan ojiz ahvoldagi şaxsni qiynaş, ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş, şuningdek, ayolni öz homilasini sun'iy ravişda tuşirişga majburlaş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan. Mazkur jinoyat işini köriş 2018 yil 18 aprelda boşlangan. May oyining oxirida sud guvohlar va jabrlanuvçilar körsatmalarini tinglagan. Iyul oyining boşida sud öz hukmini e'lon qilgandi.
Sobiq direktor Kamol Yakubov mansabiga sovuqqonlik bilan qaragan, öz vazifasiga loqaydlik va vijdonsizlarça munosabatda bölgan, muassasa işini, muassasa tarbiyalanuvçilarini ma'naviy soğlom va jismonan barkamol etib tarbiyalaş borasidagi faoliyatini izdan çiqarib yuborgan, tarbiyalanuvçilarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlari hamda davlat manfaatiga jiddiy ziyon yetişiga sababçi bölgani uçun 4 yilga qamalgandi.
Bundan oldinroq Marğilon şahridagi Mehribonlik uyining mansabdor şaxslari tomonidan sodir qilingan jinoyatlar yuzasidan muassasaning mansabdor şaxslari va xizmatçilariga doir iş yuzasidan hukm çiqarilganligi, şu bilan birga voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarşi sodir etilgan jinoyatlar Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudining yopiq sud majlisida körilayotgani haqida xabar berilgandi.








