Joriy yilning 3-5 oktabr kunlari Toşkent şahrida Butunjahon turistik taşkiloti qöllab-quvvatlovi bilan “Ipak yölida turizm” 24-Toşkent xalqaro turistik yarmarkasi ötkaziladi. Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli farmoyişi qabul qilindi.
Turistik yarmarka doirasida “Professional xaridor” dasturi amalga oşiriladi. Unda turistik yarmarkada xorijiy OAV vakillari, xorijiy turistik kompaniyalar rahbarlari va menejyerlarining iştirok etişi nazarda tutiladi. Ularning röyxati Davlat turizm qömitasi tomonidan şakllantiriladi.
Turistik yarmarka doirasida Butunjahon turistik taşkiloti ekspertlari iştirokida xalqaro konferensiya, matbuot anjumani, milliy taomlar festivali va “Şarq bozori” ekspozitsiyasi ötkaziladi.
Hujjat bilan 24-Toşkent xalqaro turistik yarmarkasiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi tasdiqlangan.












