Davlat yonğin xavfsizligi xizmati, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika Kengaşi boşqaruvi hamda  “Öztransgaz” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida aholi turarjoylarida, maişiy xizmat körsatiş inşootlarida yonğin xavfsizligini ta'minlaş, bu borada fuqarolarning huşyorligini oşirişga qaratilgan ma'rifiy tarğibot işlari kuçaytirişga alohida ahamiyat qaratilyapti.  

Foto: Davlat yonğin xavfsizligi xizmati

“Öztransgaz” AJ axborot xizmati xabariga köra, Özbekiston Respublikasi IIV Yonğin xavfsizligi institutida “Tilsiz yovga” qarşi birgalikda kuraşamiz” mavzuida ötkazilayotgan  respublika ilmiy-amaliy seminarida ham ayni şu masalalar keng muhokama qilinmoqda. Şuningdek, Davlat yonğin xavfsizligi xizmati tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyati böyiça atrofliça tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. 

Foto: Davlat yonğin xavfsizligi xizmati
Foto: Davlat yonğin xavfsizligi xizmati

Yiğilişda ta'kidlanişiça, joriy yilning ötgan olti oyida yurtimizda 5 ming 772ta yonğin sodir bölgan. Tan jarohati olganlar esa ikki yuz nafar kişidan iborat. Eng açinarlisi, 74 nafar fuqaro olamdan ötgan. Bugungi kunda yonğinlarning 70 foizi aholi yaşaş joylarida, xonadonlarda sodir bölmoqda. Amaliyotlar şuni körsatadiki, asosiy halokatlar va tan jarohatlari nosoz va qölbola gaz qurilmalari, yaroqsiz elektr moslamalari tufayli va isitiş uskunalaridan xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan foydalaniş, spirtli içimliklar iste'mol qilib huşyorlikni yöqotiş oqibatida yuzaga kelgan. 

Foto: Davlat yonğin xavfsizligi xizmati

Hamkor taşkilotlar tomonidan hamjihatlikda yonğinning oldini oliş, aholi xavfsizligini ta'minlaş, gaz, elektr energiyasi, isitiş uskunalaridan foydalanişda qat'iy qoidalarga rioya qiliş böyiça takliflar körib çiqilmoqda.