Avstraliyalik ösmir Apple serverlarini buzib kirib, u yerdan 90 gigabayt himoyalangan fayllarni yuklab oldi. Bu haqda Reuters Avstraliya OAVga asosan xabar berdi.

Yil davomida 16 yoşli maktab öquvçisi korporatsiya serverlariga bir neça bor ulangan. Apple xodimlari ruxsat etilmagan tarzda kirişga e'tibor qaratişdi va bu haqda FQBga xabar berişdi. Keyin iş Avstraliya federal politsiyasiga topşirildi.

Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari ösmirning kvartirasidan ikki dona noutbuk, mobil telefon va qattiq diskni topişdi, unda Apple serverlaridan yuklab olingan fayllar topildi. Barça hujjatlar hacky hack hack nomli papkada bölgan.

Politsiya xodimlarining ta'kidlaşiça, jinoyatçi WhatsApp messenjerida öz faoliyati bilan maqtangan. Apple vakillari öz mijozlarining şaxsiy ma'lumotlariga zarar yetkazilmaganini kafolatladi.