Oramizda kim erta tongda uyğonib, uyğotgiçga balki uxlaş uçun yana biroz vaqt bordir, degan umid bilan nazar solgan? Biroq aksiga olib, bir neça daqiqalardan keyin turiş kerak böladi. Bundan çiqdi, organizmimiz uyğotgiç kabi işlar ekan-da!

Foto: Fotolia

Biz barça jarayonlar miya yordamida boşqariladigan murakkab biologik tizim egasimiz. Uning bir sohasi – gipotalamusda supraxiazmotik yadro bölib, bizning biologik soatlarimiz – sirkad sur'atini nazorat qiladi.

Tsirkad sur'ati sayyoramizdagi barça tirik organizmlarda mavjud. Ular turli biologik jarayonlar, masalan gormonlar işlab çiqariş faolligini nazorat qiladi. Köpinça sirkad sur'ati kun va tunning almaşinuviga boğliq. Biroq organizmimiz uyqudan uyğonadigan va uxlaydigan biologik vaqt onlarini eslab qolib, kundalik vazifalarga moslaşa oladi.

“Uxlaş-uyğoniş” siklining almaşinuvida PER1 oqsili katta rol öynaydi. Organizmda uning darajasi pasaysa, yurak urişi sekinlaşadi, qon bosimi va harorat tuşadi. Uyqu vaqtida aynan şu hol yuz beradi. Uyğongaç, daraja kötariladi, organizm biologik jarayonlariga “turtki beradi” va özimizni tetik his etamiz.

Uyğotgiç ovozidan kutilmaganda uyğoniş – organizm uçun doim zöriqiş hisoblanadi. Uni biroz kamaytiriş maqsadida, organizm PER1 oqsilini işlab çiqariş sirkad sur'atini uyğotgiç jiringlaş vaqtiga moslaştiradi. Şu yöl orqali tanamiz erta uyğoniş bilan boğliq zöriqişni u qadar kuçli bölmasligiga erişadi: uyqu vaqtidayoq yurak urişi, qon bosimi asta-sekin oşib boradi, gormonal fon ham ortadi. Vaqt ötişi bilan miya uyğoniş vaqtiga şu qadar moslaşadiki, uyğotgiç qönğiroğidan bir neça daqiqa oldin közimizni oçamiz. Özingizga quloq solib köring: bu vaqtda biz özimizni uyğotgiç yordamida turgandan ança tetik his qilamiz.