Neyrobiolog Deb Knobelman köproq yumuşlarni bajariş uçun işlar röyxatini töğri tuziş va iş kunini qanday qilib töğri rejalaştiriş haqida gapirdi.

“Röyxatim doim juda katta. Hozir menda bajarişim kerak bölgan 16 ta vazifa bor. Ular, asosan, bir-biriga boğliq emas. Oilaviy işlar, iş böyiça vazifalar, şaxsiy maşğulotlar.

Ilgari mana şunday ulkan tumanli röyxatga diqqatni qaratar edim. Hozir esa bari özgardi. Endilikda köproq işga ulguriş va birortasi amalga oşirilmasa, xavotirga tuşmaslikka yordam beradigan maxsus tizimni işlab çiqdim.

Foto: Unsplash

1-qadam: Aniq maqsadni yozib, uni bir neça qadamlarga ajrating

“Yozgi oromgoh masalasi bilan şuğullaniş” örniga men har bir qadamni yozaman. Masalan:

bolalar uçun uçta kunduzgi oromgohni tanlaş;

smena tanlaş;

har bir oromgohga ariza qoldiriş;

tibbiy ma'lumotnoma uçun şifokorga boriş;

bolalarni oromgohga olib borib, undan olib keliş vaqtini aniqlaş.

Agar har bir maşğulotni şu körinişda yozsangiz, aynan nima qiliş kerakligini tezda tuşunasiz.

2-qadam: Ustuvor yönalişlarni aniqlang

Vazifani bir neça qadamga bölib çiqqaç, siz ularning har birini bir kunda bajara olmasligingizni tuşunasiz. Şuning uçun ustuvor yönalişlarni ajratib oliş kerak.

Muhimi – qança vaqtingiz borligi, undan keyin maşğulotlarning haqiqiy sonini aniqlaş. Barini emas, faqat eng muhimlarini.

Foto: Unsplash

3-qism: Ularning barini bugun bajara olmasligingizni tan oling

Agar ularning barini bugun bajara olmasligingizni tan olmasangiz, heç narsa qilmaysiz. Çunki kun böyi iş bilan şuğullaniş örniga xavotirlanasiz.