Kiriş imtihonlarida öqişdan yiqilgan abituriyentlar super-kontrakti arzonroq OTMga «perevod» qilişi mumkin. Bu haqda 2018/2019 öquv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul böyiça Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi majlisining qarorida belgilangan.
Unga köra, test sinovlari natijasi böyiça yetarli ball töplamagan va oşirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlarga oşirilgan tölov-kontraktning miqdori (barobari) kam bölgan ta'lim yönalişini tanlaş imkoniyati berildi. Bunda, abituriyent test topşirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining örni) mosligi hamda uning doimiy yaşaş joyi va hujjat topşirgan oliy ta'lim muassasasi joylaşgan hudud mezon sifatida belgilandi.
Huquqşunos Xushnudbek Xudayberdiyev telegramdagi kanalida (@xushnudbek) bu holatga izoh bergan.
«Agar super-kontrakt narxlariga e'tibor qilsak, bir-biriga yaqin yönalişlarning super-kontrakt narxlari har xil ekanligini köriş mumkin. Masalan, qaysidir yönalişda 10 barobar, qaysidirida 15 barobar, yana boşqasida 20 barobar.
Endi şunday özgariş kirdiki, super-kontrakt 20 barobar qilib belgilangan yönalişdan yiqilgan abituriyent öqişini 15 barobarli joyga köçirişi mumkin.
Eng muhim joyi «perevod» qilinayotgan yönalişlarda test olingan fanlar bir-biriga mos bölişi kerak. Matematika, fizika, ona tilidan test topşirgan abituriyent tarix, çet tili, ona tili bölgan joyga köçira olmaydi», deyiladi izohda.
Ta'kidlanişiça, bunda fanlar örni muhim hisoblanadi.
Masalan, 3ta fan ham mos, lekin joyi özgargan (fizika bittasida 3.1, boşqasida 2.1 ball) bölsa, «perevod» qilib bölmaydi.
Şuningdek, öqişni köçirişda hudud ham rol öynaydi. Bunda abituriyent 2 ta joydagi OTMga «perevod» qila oladi:
1. doimiy yaşaş hududidagi;
2. Hujjat topşirgan OTM joylaşgan hududdagi.
Masalan, doimiy yaşaş joyi Jizzaxda bölgan abituriyent Samarqand viloyatidagi OTMga hujjat topşirdi va kira olmagan vaziyat. Agar u super-kontrakti arzonroq joyga «perevod» qilmoqçi bölsa, yoki Jizzax, yoki Samarqanddagi OTMni tanlaşi kerak böladi, Toşkentga köçira olmaydi.














