Köksaroyda bölib ötgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon örtasida davlatlararo strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma imzolandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bergan.
Özbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi örtasida Strategik şeriklik töğrisidagi şartnomada uzoq muddatli va barqaror şeriklik munosabatlari örnatiş maqsadi, özaro hamkorlikning strategik yönalişlari belgilangan.

Prezidentlar örtasida qöşma bayonot ham imzolangan.
Şuningdek, sanoat, standartlaş va sertifikatlaş, çegaradan ötkaziş, ta'lim hujjatlarini tan oliş, geodeziya va geologiya, qişloq xöjaligi, madaniyat va boşqa sohalardagi hamkorlikka doir 27 ta hujjat imzolandi. Jumladan, Surxondaryo viloyati bilan Xatlon viloyati, Samarqand viloyati bilan Söğd viloyati örtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik töğrisida bitimlar qabul qilindi.

Quyidagi sohalarda muhim hujjatlar imzolagan:
1) Ikki davlat Kasaba uyuşmalari Federatsiyalari örtasida;
2) Milliy teleradiokompaniyalar örtasida;
3) ÖzA Milliy axborot agentligi va «Hovar» Milliy axborot agentligi örtasida;
4) Surxondaryo viloyati va Xatlon viloyatlari örtasida;
5) Samarqand viloyati va Söğd viloyatlari örtasida;
6) Fanlar akademiyalari örtasida;
7) Din işlari qömitalari örtasida;
8) Ösimlik karantini sohasida ikki davlat vakolatli organlari örtasida;
9) Madaniyat vazirliklari örtasida;
10) Adliya vazirliklari örtasida;
11) Özbekiston Yoşlar ittifoqi va Tojikiston Yoşlar va sport işlari qömitasi örtasida;
12) Özbekiston Davlat boşqaruvi akademiyasi va Tojikiston Davlat xizmatlari agentligi örtasida;
13) Geodeziya, xaritasozlik va kadastr qömitalari örtasida;









