Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning “Respublikada seleksiya-naslçilik işlarini olib boriş tizimini tubdan takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi va Çorvaçilikda “Nasl xizmat” respublika naslçilik uyuşmasi ta'sisçilarining mazkur uyuşma negizida Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi “Özbeknaslxizmat” uyuşmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Quyidagilar Uyuşmaning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
çorvaçilikning barça tarmoqlarida, jumladan, qoramolçilik, qöyçilik, eçkiçilik, yilqiçilik, quyonçilikda seleksiya-naslçilik hamda sun'iy uruğlantiriş işlarini rivojlantirişga qaratilgan normativ-huquqiy bazani, örta va uzoq muddatga möljallangan konsepsiyasi va davlat tarmoq dasturlarini işlab çiqiş va takomillaştirişda iştirok etiş hamda uni amalga oşirilişi ustidan monitoring olib boriş;
çetdan naslli mollar va mahsulot (material)larni olib keliş işlarini muvofiqlaştiriş, seleksiya-naslçilik sohasida va sun'iy uruğlantiriş böyiça ilğor xorijiy tajribalar, ilmiy, innovatsion işlanmalarni joriy qilişga investitsiyalarni jalb qiliş;
halqaro moliya va donor taşkilotlari bilan hamkorlik örnatiş, sut va göşt işlab çiqarişning zamonaviy texnologiyalarini joriy etiş, çorva mollarini bördoqiga boqiş işlarini keng joriy etiş hisobiga mahsulot işlab çiqariş hajmlarini oşiriş, texnologik, investitsion va kelgusida eksport siyosatini izçil amalga oşiriş;
ozuqa ekin maydonlari uçun ajratilgan yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalaniş yuzasidan tavsiyalar işlab çiqiş hamda ozuqa tarkibini töliq tahlil qiladigan zamonaviy laboratoriyalarni taşkil etiş.
Belgilab qöyilişiça:
Uyuşma raisi va uning örinbosarlari muassislarning umumiy yiğilişi qarori bilan saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadilar;
Uyuşmaning ijro etuvçi apparati va hududiy “Çorvanasl” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari faoliyatini moliyalaştiriş uyuşmaning a'zolarining badallari va sun'iy uruğlantiriş böyiça körsatiladigan pullik xizmatlardan tuşadigan mablağlardan ajratmalar hisobidan, şuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşiriladi.











