«Xavfsiz şahar» konsepsiyasini amalga oşiriş, şaharni turli huquqbuzarlik va jinoyatçiliklardan holi hududga aylantiriş böyiça amaliy seminar taşkil qilindi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qaşqadaryo viloyati Adliya, Içki işlar boşqarmalari hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Içki işlar bölimlari şaxsiy tarkibi, mahalla fuqarolar yiğini raislari va posbonlarning huquqiy bilim darajasini oşiriş maqsadida taşkil etilgan tadbirda içki işlar organlari faoliyatidagi muhim islohotlar, hayotga joriy etilayotgan yangiça tizim, profilaktik çora tadbirlarni kuçaytirişda özaro hamkorlik aloqalarini takomillaştiriş borasida fikr mulohazalar bildirildi.

Seminarda içki işlar bölimlari , fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan özaro hamkorlik qilişning amaliy mexanizmlarini joriy etiş yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Sektor rahbarlari hamda Içki işlar bölimlari, muvofiqlaştiriş boşqarmasi mas'ul xodimlari hamkorligida çora tadbirlar rejasi hamda yöl xaritalari işlab çiqildi. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «Adolat» huquqiy axborot markazi» tomonidan taşkil etilgan huquqiy va badiiy kitoblar, jahon adabiyoti durdonalari körgazmasi tafakkur olamini boyitişda yana bir vosita bölib xizmat qildi.
Işlab çiqilgan yöl xaritasiga köra, Qarşi şahar hududidagi köp qavatli uylarda aholi ziç joylaşganligi, jamoat joylari, sayilgohlar va bozorlarning gavjumligi hisobga olinib, 4ta sektor joylaşgan 4ta hududda alohida içki işlar bölimlari hamda ularning faoliyatining muvofiqlaştiruvçi boşqarma taşkil etildi. Yangi tuzilmalar samaradorligini ta'minlaş uçun barça şart şaroit va qulayliklarga ega bölgan, zamonaviy binolar qurilib, ular zarur mebel jihozlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlandi. Videokuzatuv moslamalari örnatildi, profilaktika inspektorlari bilan videokonferensiya aloqa orqali muloqot qiliş imkoniyatlari yaratildi. Içki işlar bölimlarining texnik qöriqlaş markazi xonalariga optik tolali aloqa kabeli tortildi.
Bundan taşqari içki işlar bölimlari Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi «Lex.uz» tarmoğiga ulandi. Uşbu baza tarmoğida 50 mingga yaqin normativ huquqiy hujjatlar joylaştirilgan bölib, ular içki işlar xodimlarining öz xizmat burçlarini samarali ado etişlarida yaqin kömakçi vazifasini bajaradi.
«Xavfsiz şahar» tizimini joriy etiş böyiça vaziyatni nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyişlari, normativ-huquqiy hujjatlar töplamlari taqdim etildi. Qulay şaroit, imkoniyat xavfsiz şahar kontsepsiyasini amalga oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholining tinç va osoyişta hayotini ta'minlaş, jamoat tartibini saqlaş maqsadida jamoat tartibini ta'minlaş kuçlarining va içki işlar organlari, prokuratura, milliy gvardiya, davlat xavfsizligi xizmati, va keng jamoatçilik vakillari birgalik iş taşkil qilingan. Içki işlar bölinmalari şaxsiy tarkibiga xar bir profilaktika inspektorlariga Özbekistonda işlab çiqarilgan «ARTEL» zamonaviy planşetlari, zamonaviy radio aloqa vositalari tarqatilib ular zamonaviy texnologiyani talablariga javob beradi, himoyalangan aloqa tizimi örnatilgan bölib, axborot markazining barça hisoblardan şaxsni tekşiriş imkoniyati mavjud, hududda yurgan xodimni kunu tun xizmat olib boriş tartibini masofadan turib nazorat qiliş imkoniyatini beradi. Şahar hududida videokuzatuv va qöriqlaş tizimlarining şakllantirilgani, profilaktika inspektorlarining onlayn tizim orqali axborot va topşiriq oliş imkoniyati yaratilgani özining ijobiy samarasini bermoqda.











