AQŞ yetakçisi Donald Tramp va davlat kotibi Mayk Pompeo içki siyosiy kuraş sabab Qöşma Ştatlar hamda Şimoliy Koreya örtasidagi munosabatlarga zarar yetişiga yöl qöymasliklari kerak. Bu haqda Koreya Mehnat partiyasining rasmiy gazetasi «Nodon Sinmun» naşrida aytiladi.

Ta'kidlanişiça, hozirgi vaqtda ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar «boşi berk köça»ga kirib qoldi, bu AQŞ prezidentidan «qat'iy qarorlar»ni talab qiladi.

«Prezident Tramp boşqa heç qaysi prezident qila olmagan narsani amalga oşirdi - KXDR va AQŞ örtasidagi fantastik uçraşuvni. Sababi u öz irodasi va qat'iyatidan kelib çiqib, ikkilanmasdan va öz yordamçilariga quloq tutmasdan harakat qildi», - deyiladi materialda.

Şuningdek ta'kidlanişiça, Trampning raqiblari KXDR yadrosizlanişiga imkoniyat yöqligiga işonçi komil va KXDRni yadro obektlarini maxfiy tarzda qurişda ayblaşmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In sanksiyalar böyiça bayonot bergandi.