Xitoy Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kanning ma'lum qilişiça, XXR Pentagon tomonidan Xitoy armiyasi haqidagi hisobot e'lon qilingani tufayli protest bildiradi. Bu haqda taşqi siyosat idorasi saytida xabar berildi.

«AQŞning hisobotida haqiqiy faktlar hisobga olinmagan, Xitoyning mudofaa qurilişi bilan boğliq bema'ni mulohazalar bildirilgan», - deya aytib ötdi Lu Kan. 

Uning sözlariga köra, Xitoy uşbu hisobotning e'lon qilinişi munosabati bilan keskin protest bildiradi.

Şuningdek, uning qayd etişiça, Xitoyning harbiy siyosati faqat mudofaa xarakteriga ega.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Pentagonning yangi hisobotidan ğazabga kelgani xabar qilingandi.