Xiaomi kompaniyasi 22 avgust kuni bölib ötadigan POCO brendi ostida işlab çiqarilgan Pocophone F1 smartfoni taqdimotiga tayyorgarlik körmoqda. Şu kunlarda internetda uning narxi haqidagi ma'lumot paydo böldi.
My Smart Price resursining ma'lum qilişiça, Pocophone F1 Hindistonda 360 dollarga yaqin narxda sotuvga çiqadi. Bu 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega bölgan smartfonning narxidir. Bundan taşqari, uning 64 GB doimiy xotiraga ega arzonroq versiyasi ham çiqadi.
Snapdragon 845 çipi örnatilgan smartfon 5,99 dyuymli Full HD+ displeyga ega. U 4000 mAs hajmli QC 3.0 tezkor quvvatlaniş xususiyatiga ega akkumulyator va ikkita asosiy kamera bilan jihozlangan. Birinçi kamera 12 Mp, ikkinçisi esa 5 Mp ölçamda suratga oladi. Qurilma MIUI 9 qobiği örnatilgan Android 8.1 Oreo operatsion tizimida işlaydi.
Pocophone F1 smartfonining narxi 360 dollar atrofida böladi
05:20 / 18.08.201813 1671 min












