Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Mirzo Uluğbek muzey-majmuasini borib kördi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Uşbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida taşkil etilgan. 2010 yilda Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti Islom Karimov taşabbusi bilan qayta qurilgan.

Muzey ikki zal va olti bölimdan iborat. Undan Mirzo Uluğbek davriga oid yuzdan ziyod aşyolar, kitoblar, qölyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi örin olgan. Şuningdek, maketlar, monitorlarda Mirzo Uluğbek haqidagi qöşimça ma'lumotlar namoyiş etilgan.

Imomali Rahmon rasadxonaga yuksak baho berdi. Dunyoning aksariyat ölkalari qoloq bölgan örta asrlarda ajdodlarimiz yuksak ilmiy kaşfiyotlar qilgani, ular hali-hamon odamlarni hayratga solişini ta'kidladi.