Tojikiston öz qöşnilarini heç qaçon suvsiz qoldirmaydi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan söng ma'lum qildi.
«Şavkat Miromonoviç va men suv-energetika resurslaridan foydalaniş böyiça konstruktiv hamkorlikning muhimligini ta'kidladik», dedi Tojikiston rahbari.
«Men turli xalqaro taşkilotlar, şu jumladan, BMT tribunasidan köp bora ma'lum qilganman, hamda bugun yana bir bor aytmoqçimanki, biz qöşnilarimizni heç qaçon suvsiz qoldirmaganmiz va qoldirmaymiz», - deya qöşimça qilib ötdi Rahmon.
«Aksinça, biz bugun Sarez yuqori toğli kölining toza suv resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini örganişni boşlaş haqida kelişib oldik va bu borada tegişli vazirlik hamda institutlarga topşiriq berdik», - deya qayd etib ötdi Tojikiston rahbari.
Uning ma'lumotlariga köra, Sarez kölining çuçuk suv hajmi 17 kub kilometrni taşkil etadi.
«Kelajakda biz uşbu loyiha mintaqamiz aholisini suv bilan ta'minlaşga ulkan hissa qöşişiga işonamiz», - dedi u.












