Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Polşadan Ukrainaga 10 sentabrda qaytişini ma'lum qildi.
“Men “Krakovets” ötkaziş punkti orqali Polşadan Ukrainaga 10 sentabrda qaytaman”, deb aytgan Saakaşvili Facebook’dagi sahifasida jonli efirda va Ukraina hukumatini uning qaytişidan “tomoşa uyuştirmaslik” va çegarada “yer qazmaslikka” çaqirdi.
Sobiq gubernator Ukrainaga qaytgaç fuqarolik böyiça huquqlarini himoya qiliş uçun sudga borişini qöşimça qildi.
Şu bilan birga uning aytişiça, Yevropaning bir qator davlatlari unga öz fuqaroligini taklif qilgan. “Mening işlarim risoladagidek, menda Yevropaning bir neçta davlatidan fuqarolikni oliş taklifi bor. Menda işlaş böyiça ham takliflar bor, biroq bu men istagan narsalar emas. Men ukrainaliklar oldida ularni oligarxlardan xalos etiş majburiyatini zimmamga olganman”, deb aytgan Saakaşvili.
Saakaşvili unda endi Ukraina fuqaroligi yöq bölsa ham Kiyevda uni Ukrainaga qöymaslik uçun heç qanday asos yöqligini aytgan. “Qonunan men Ukrainaga kirişga haqliman”, deb ta'kidlab ötgan Saakaşvili.












