Eron hukumatida AQŞ sanksiyalari sababli xorijliklar pasportlariga mamlakatga kelganlik haqida belgilar qöymaslik taklif qilindi. Bu haqda Eron sayyohlik taşkiloti rahbari Ali Asqar Munasan ma'lum qildi.
Munasanning aytişiça, tegişli qonun loyihasini uning özi, taşqi işlar vazirligi, sanoat va savdo vazirligi va politsiya ma'qullagan. Biroq bu özgarişlar kuçga kirişi uçun uni Eron vazirlar kengaşi ma'qullaşi lozim.
Munasanning ta'kidlaşiça , oxirgi 4 oy içida Eronga kelgan sayyohlar soni 38 foizga oşgan, biroq ular orasida yevropaliklar uluşi kamaygan, bu esa 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar işiga salbiy ta'sir qilgan.
Vaşington va Tehron örtasidagi munosabatlar AQŞning Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqqanidan keyin keskinlaşib ketdi. AQŞ avgustda Eronga qarşi sanksiyalari amal qilişini yana tikladi.












