Joriy yilning 19 avgust kuni taxminan soat 17:00da Bektemir tumani “Oltintopgan” mahallasi Toşkendiy köçasidagi 57-uy 27-xonadonda elektr quvvati yuqori kuçlanişi natijasida qisqa tutaşuv yonğin sodir bölişiga sabab bölgan.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatiga ma'lum bölişiça, aynan yonğin sodir bölgan paytda uşbu xonadonda uy egalari bölmagan. Mazkur masalaga yanada oydinlik kiritiş maqsadida Bektemir tuman yonğin xavfsizligi bölimi tomonidan dastlabki yonğin sabablarini aniqlaştiriş davom etmoqda.

Voqea tafsilotlariga köra, 57-uy 27-xonadonda (2-qavat) sodir bölgan yonğin asta-sekin 3-qavatdagi 29-xonadonga, keyin esa 4-qavatning 31-xonadoniga ötgan. Undan keyin esa yonğin mazkur uyning tom qismiga ötib, tom qismi töliq yonğin ostida qolgan. Toşkent şahar hokimligi uşbu holatga tezkorlik bilan munosabat bildirdi. Tuman mutasaddilari bilan birgalikda yonğin sodir bölgan xonadon egalari yotoqxonalarga joylaştirilib, ularga zarur şaroitlar yaratildi.

Şu yerning özida şahar hokimligi va mutasaddi idoralar vakillari tomonidan har bir xonadonga taşrif buyurib, yetkazilgan moddiy zarar röyxatini şakllantirildi. Yonğin sodir bölgan joyda fuqarolarga heç qanday tan jarohat yetmaganligi aniqlangan.
Bugun 20 avgust kuni, muhandislik, sektor va hudud rahbarlari, şuningdek bank xodimlari, mahalla , XUJMŞ va boşqaruv kompaniya rahbarlaridan iborat maxsus ştab tuzildi. Ular oldiga tezkor ravişda yetkazilgan moddiy zararni qoplaş, yonğin sodir bölgan obektni ta'mirlaş vazifalari yuklatildi.















