“Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik oyligi doirasida Xorazm viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan Urganç şahridagi tungi klublarda reyd tadbirlari ötkazilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Reyd tadbiri davomida şahardagi tungi klublardan birida 7-sinf öquvçisi raqqosalik qilayotgani aniqlangan. Uning voyaga yetmaganini bilgan holda raqqosalik qilişiga yöl qöyib bergan klub rahbari S.P.ga nisbatan MJtKning 188-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmagan şaxsning köngil oçiş (dam oliş) joylarida tungi vaqtda bölişiga yöl qöyiş) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, tungi klubda ijtimoiy xavfli ahvolda qarovsiz va nazoratsiz qolgan 14 yoşli qiz Xorazm viloyati IIBga qaraşli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan.
Reyd davomida tungi klublar rahbarlari va işçilariga nisbatan 24 ta holatda ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bundan taşqari, tungi klublarda bölgan 76 nafar şaxsdan OITSga qarşi kuraşiş markazi xodimlari tomonidan mobil laboratoriya orqali qon namunalari olingan.











