Respublikada yangi öquv yilining boşlanişi munosabati bilan ”Özstandart” agentligi tomonidan poytaxtining ayrim bozorlarida sotilayotgan daftarlardan namunalari tanlab olinib, ularning davlat standartlariga qançalik mos kelişi tahlil qilinganda bir qator nuqsonlar borligi ma'lum böldi.
Jumladan, mamlakatda işlab çiqarilgan, hamda qöşni davlatlardan keltirilgan va içki bozorda sotilayotgan 12 varaqli katak daftarlar, bir va ikki çiziqli daftarlardan namunalar olinib, me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan Respublika sinov va sertifikatlaştiriş markazining sinov laboratoriyalar majmuasida sinov jarayonlari ötkazildi.
Sinovlar natijalari köngildagidek çiqmadi. Masalan, tanlangan namunalar “Öquv muassasalari uçun poligrafiya mahsulotlarining xavfsizligi böyiça umumiy texnik reglament” hamda ÖzDSt 2851:2014 me'yoriy hujjatida qöyilgan ayrim talablarga mos emasligi közga taşlandi.
Maktab daftarlarining standart talablariga mos kelmasligi, öquvçilar uçun qator noqulayliklarga sabab böladi. Qoğoz ziçligining me'yoriy hujjat talablaridan past çiqişi, daftar varaqlarining çetlari buklanişiga, siyohlarning orqa varaqlariga ötişiga va varaqlarning tez yirtilib ketişiga olib keladi.
Daftar çiziqlarining ranglari va qalinligining me'yoriy hujjat talablariga mos emasligi esa öquvçilarning köriş qobiliyatini zöriqişiga olib kelişi mumkin. Bu nomuvofiqliklar uşbu mahsulotlarning sifat va çidamlilik körsatkiçlari past darajada ekanligini bildiradi.
Ayniqsa, yozişni örganayotgan boşlanğiç sinf öquvçilarining husni xatiga salbiy ta'sir körsatadi. Buni bilgan xaridorlar ham bu kabi mahsulotlarni çetga surib, sifatli öquv qurollarini xarid qiladilar.
“Xulosa qilib aytganda me'yoriy hujjat talablariga mos, sifatli va xaridorgir mahsulotlarni işlab çiqariş, birinçi navbatda tadbirkorlarning özlari uçun foydalidir”, - deyiladi “Özstandart” xabarida.













