Yaxşilikka intilib yaşagan inson bir amal bilan eng kamida ikki kişini xursand etadi: ulardan biri öşa yaxşilikdan manfaat topgan inson bölsa, ikkinçisi öşa xayrli amalning egasi. Heç e'tibor qilganmisiz, yaxşi amalni qilişingiz bilan könglingiz yengil tortadi, bu işdan qalbingiz orom topadi. Bugun mana şunday yaxşi amallarning xayrli natijasi haqida sözlab bermoqçimiz. KUN.UZ tahririyatiga juda köplab murojaatlar bilan turli insonlar boğlanadi. Ammo Sultonbek va uning onasi bilan biz boşqa holatda tanişgandik.

Köçada maşina şinalarini qoraytirib berişini taklif etgan bolakay e'tiborimizni tortgan payt u bilan dildan suhbat qurgandik. Uning aytişiça, oilaviy şaroit sabab köçada mehnat qilişga çiqadi. Aslida, uy-joy yöqligi oilaning asosiy muammosiga aylangan keyinçalik ma'lum böldi. Uning onasi Gulçehra opa ham şu sözlarni tasdiqladi.
Ana şundan söng opaga beminnat yordam körsatib, bir oilaga xayriya qilmoqçi bölgan yurtdoşlarimiz köp böldi. Endi Gulçehra opa va beş bolaning uyi bor. Ular bunday özgarişni umuman kutmaganini, uy-joyli böliş orzusi haqida tölqinlanib gapirarkan, faqat yiği aralaş gapirdi. Ha, bu baxt köz yoşlari, uning sözlaridagi qaltiroq esa sevinçdan paydo bölgan.


Biz uluğ ayyom – Qurbon hayiti arafasida oilaning yangi uyga köçib ötganidan xursand böldik. Balki ularga yordam qilgan kişilarning ham köngli toğdek kötarilgandir, hammasidan ham bolalarning onasi baxtiyor. Nima bölganda ham bir vatanli böldik deya suyunadi. Kun.uz mazkur oilaga yordam qilib, xayriya qilmoqçi bölgan saxiy yurtdoşlarimizni yana bir marta xayrli işlarga çorlab qoladi. Zero, bu yaxşilikdan barçaning köngli kötariladi.
Xayriya qilmoqçi bölganlar uçun:
Gulçehra Nasriddinova











