Ta'kidlanishicha, hukumat buning o‘rniga Xitoy tomoni bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatishga qaror qildi.
Avvalroq, Gruziya Suriya bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatgani va bu haqda BMTga xabar bergani ma'lum qilingandi. Mamlakat rasmiylari 1993 yil 18 maydagi Gruziya va Suriya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi shartnomani bekor qildi. Gruziyaning BMTdagi doimiy vakili ham ushbu qaror haqida tashkilotning bosh kotibiga xabar bergan.











