Nufuzli Nobel mukofoti sovrindori Ryodzi Noyori 28-31 avgust kunlari Nagoya Universiteti (Yaponiya) delegatsiyasi tarkibida Özbekistonga taşrif buyuradi. Nagoya Universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya tarkibida oliygoh bölimlarining yana 10 nafar vakili ham böladi. Boş vazir  örinbosari Aziz Abduhakimov Kun.uz'ga şu haqida xabar berdi.

Ryodzi Noyori Özbekistonga taşrifi çoğida Toşkent davlat texnika universitetida ma'ruza öqiydi, şundan  söng Samarqand şahriga taşrif buyuradi.

Taşrif doirasida mamlakatimizning yetakçi oliy ta'lim muassasalari, Fanlar Akademiyasi, Ilmiy-tadqiqot institutlari, manfaatdor taşkilotlar vakillari iştirokida Özbekiston-Yaponiya ilmiy simpoziumi va "muhokamalar doirasi"ni ötkaziş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, Nagoya Universiteti hamda Toşkent davlat texnika universiteti örtasida Hamkorlik memorandumi imzolanişi kutilmoqda.

Ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş maqsadida Noyorining jahon ilm-faniga qöşgan ulkan hissasini inobatga olib, Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Fanlar Akademiyasi Prezidenti bilan uçraşuvlar rejalaştirilmoqda.

Ma'lumot uçun: Nagoya Universiteti professori, maşhur kimyogar olim Ryodzi Noyori 2001 yilda katalitik asimmetrik sintez sohasidagi işlanmalari uçun Nobel mukofotini qölga kiritgan. U Yaponiya ta'lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengaşining haqiqiy a'zosi va qator Yevropa mamlakatlari, AQŞ, XXR Fanlar Akademiyasi a'zosi va BMTning turli ilğor loyihalari iştirokçisi hisoblanadi. Noyorining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari Nobel fondi bilan muvofiqlaştirilgan holda amalga oşadi va yetakçi akademik naşrlarda yoritib boriladi.